TLS | Transceka Logistic Services — Международные перевозки грузов

MULTIMODAL YUK TASHISH

Bir nechta transport turlaridan foydalangan holda yuklarni tashish

Multimodal yuk tashishning asosiy afzalliklari:

Yuk tashish xavfsizligini ta'minlash:

Yukning saqlanishi uchun javobgarlik yukni tashishning butun jarayonini amalga oshiruvchi kompaniyaga tegishli.

Mijozning istaklarini inobatga olgan holda:

Yukni yetkazib berish marshruti buyurtmachining xohish-istaklari inobatga olingan holda tuzilishi mumkin, bu esa vaqt va pulni tejashga olib kelishi mumkin.

Xizmatlarning arzonligi:

Xizmatlar narxlari resurslar samarali taqsimlanganda past bo‘lishi mumkin.

Qulaylik:

Mazkur tashishlar yukni manzilga bir necha turdagi transport vositalari bilan yetkazib berishga imkon beradi.

Multimodal yuk tashishning asosiy kamchiliklari:

Muddatlar va byudjetlarning noaniqligi:

Ushbu tashishlarda uchinchi shaxslar ishtirok etishi tufayli yetkazib berish muddatlari va byudjet o'zgaruvchan bo‘lishi mumkin. 

Yuk nazorati qiyinligi:

Yuk bir necha bosqichda tashishdan o‘tadi, bu uning joylashuvi va holatini nazorat qilishni qiyinlashtiradi.

Qo'shimcha hujjatlar:

To‘ldirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi, bu xarajatli va mehnat talab qiluvchi bo‘lishi mumkin.

Yukning shikastlanish xavfi:

Yuk turli xil transport vositalarining ta’siriga uchraydi, bu uning shikastlanishi yoki yo‘qolishi xavfini oshiradi. 

uz_UZUzbek